Marat Zokirov




Marat Zokirov (1939-2020-yil) — ilgʻor oʻqituvchi, Oʻzbekiston Qahramoni (2002).

Tarjimai holi



Marat Zokirov 1939 yil 21 martda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tugʼilgan. Samarqand davlat universitetining fizika-matematika fakulteti (1961), Samarqand qishloq xoʻjalik institutining agronomiya fakultetini (1981, sirtdan) tugatgan. 1961-yildan Jizzax tumanidagi 16-maktabda fizika oʻqituvchisi, 1976—1984 yillarda Paxtakor tumanidagi “Navbahor” xo'jaligida partiya tashkilotining kotibi sifatida ishlagan. 1984-yildan Jizzax tumanidagi 36-maktab, 1995-yil sentabrdan Jizzax pedagogika instituti qoshidagi iqtidorli bolalar litseyi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Мarat Zokirov Respublika taʼlim markazi bilan hamkorlikda "Sogʻlom avlod — millat koʻrki", "Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!", "Oʻzligini anglagan xalq" kabi qoʻllanmalar, "Maʼrifiy saboqlar", "Umumtaʼlim maktablarida oʻqituvchilarning boʻsh vaqtini taʼminlash" kitoblari muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz