Marat Kabayev




Marat Vazixovich Kabayev (tat. Marat Wazíx uğlı Qabayev, Marat Vaziyx uli Kabaev)1961-yil 27-mayda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tug‘ilgan, oʻzbek futbolchisi, SSSR sport ustasi. 2016-yil 11-maygacha Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari uyushmasi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2017-yil fevral oyidan boshlab oʻzi asos solgan „Xalqaro islom biznesi assotsiatsiyasi“ni boshqarib kelmoqda.

Biografiyasi



Marat Kabayevning ota-onasi asli tatar millatiga mansub bo‘lib,O‘zbekiston hududiga Tataristondan koʻchib kelgan Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi shahar qishlogʻida tatar oilasida tugʻilgan. Otasi Vazix Kabayev o‘z vaqtida O‘zbekiston SSR milliy kurashi bo‘yicha respublika federatsiyasining raisi bo‘lgan. Biroq, Maratning o‘zi bolaligidan futbol va basketbolni yaxshi ko‘rgan. Birinchi murabbiyi Vladimir Matveyev bo‘lgan .

Kabayev 15 yoshida Moskva shahri va Moskva viloyatidagi Mehnat zahiralari jamiyatida o‘ynagan va mashg‘ulotlar olib borgan. 1979-yili Termizning „Avtomobilist“ jamoasi tarkibida o‘ynay boshlagan. 1980-yilda „Paxtakor“ga taklif qilingan. „Paxtakor“da ilk o‘yinni 28-sentabr kuni Toshkentda „Lvov Karpati“ jamoasi bilan o‘tkazilgan. U „Tavriya Simferopol“ga qarshi uy uchrashuvida birinchi golini urgan.

Kabayev hujum rejasida yarimhimoyachi sifatida o‘ynab hujumchilar ostida harakat qilgan. U yaxshi texnik tayyorgarlik, samaradorlik va katta harakat radiusi bilan ajralib turgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so‘ng markaziy himoyachi vazifasini o‘tagan.

1981-yilda SSSR yoshlar terma jamoasi bilan Tulon shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda ishtirok etgan. 1983-yilda SSSR Olimpiya terma jamoasi bilan norasmiy o‘yinlarda ishtirok etgan.

1986-yilda SKA (Rostov-na-Donu) birinchi liga klubida o‘ynagan. 1987-yilda „Paxtakor“ga qaytadi va darhol jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylangan.

1989-yilda Yevgeniy Kucherevskiyning Dnepropetrovsk Dnepriga ko‘chib o‘tish taklifini qabul qiladi va u yerda Federatsiya kubogi sohibi bo‘ladi. Biroq, tez orada mashg‘ulotlarning birida jarohat olib davolanish uchun biroz vaqt futboldan chetlashishga majbur bo‘ladi. Sog‘aygach „Metalist“ga qarshi taqvim o‘yinida qatnashdi va uchrashuvlarning birida to‘pig‘idan jarohat oladi. Kabayev ikki oyda safga qaytadi va Kucherevskiydan „Paxtakor“ga qaytarishini so‘raydi.

1989-yilda „Paxtakor“ga qaytgach u erda ikki mavsum o‘tkazib, jamoaning katta ligaga chiqishiga yordam beradi. Biroz vaqt o‘tib Kabayev 1990-yilda Isroilga jo‘nab ketadi. Birinchi o‘yinda gol urishiga qaramay jarohati qaytalangani sababli shartnoma imzolay olmaydi.

1991-yilda 2-liganing „Umid“ jamoasida o‘ynagan. 1991-yilda „Traktor“ (Pavlodar) klubiga o‘tgan. Dastlab 2-ligada, SSSR parchalanishi bilan esa Qozog‘iston chempionatida o‘ynagan. U yerda jamoa sardori bo‘lgan. 1993-yilda Qozog‘iston chempioni va chempionatning kumush va bronza medallari sovrindori bo‘lgan. Kabayev O‘zbekistonda „Navbahor“ (1995-yil chempionat bronza medali sovrindori) va „Dinamo“ (Samarqand) safida o‘ynagan.
Futbolchilik faoliyatini 1998-yilda yakunlagan.

2000-yildan boshlab murabbiylik faoliyati bilan faol shug‘ullana boshlagan.

2011-yilda Qozonga ko‘chib o‘tgan.

2014-yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari uyushmasi prezidenti etib saylangan. 2016-yil may oyida shaxsiy sabablarga ko‘ra ushbu vakolatlardan voz kechgan.

2016-yildan buyon 2017-yil 16-fevralda Moskvada ochilishi bo‘lib o‘tgan Islom bizneslari xalqaro assotsiatsiyasini (IAIB) tashkil etishda ishtirok etgan. Tadbirda IAIB va Islom Taraqqiyot Banki (Saudiya Arabistoni) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Kabayev uyushma prezidenti etib saylangan.

Murabbiylik faoliyati



Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiylik bilan shug‘ullana boshlagan. 2000-2004, 2005-2008 yillarda — Toshkent shahridagi respublika futbol oliy sport mahorati maktabi murabbiyi bo‘lgan.

2004-2005-yillarda „Traktor“ (Toshkent), 2008-2009-yillarda OKMK (Olmaliq) FK o‘rinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan.

2009-yildan — O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (19 yoshgacha) bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2010-yil yanvar oyida jamoa Granatkin memorialida „Ochilish turniri“ sovrinini qo‘lga kiritgan. 2011-yilgi mavsum boshidan buyon Zarafshonning „Qizilqum“ jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan, biroq may oyidayoq 8-turning „Bunyodkor“ga qarshi o‘yinida 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z xohishi bilan jamoani tark etgan. 2011-yil avgust oyida „Paxtakor“ seleksiya xizmatiga rahbarlik qilish taklifini qabul qilgan.

2012-yildan 2015-yilgacha „Rubin“ (Qozon) klubining katta murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.

Oilaviy holati



Oilali. Alina va Leysan ismli qizlari bor.

Ijtimoiy faoliyati



2014-yil noyabr oyida muftiy taklifi bilan Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi Komil Hazrat Samigullin Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari uyushmasi prezidenti etib saylanadi.

2015-yil 26-iyun kuni uning rahbarligida Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari assotsiatsiyasi Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi bilan hamkorlikda „Kazan Arena“ stadionida iftorlik uyushtiradi.

Iftorlikka 5 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi. Tatariston Respublikasi davlat maslahatchisi Mintimer Shaymiyev va Tatariston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Rustam Minnixonovlar ham iftorlikda ishtirok etishadi. 2017-yildan buyon o‘zi tashkil etgan Islom biznesi xalqaro assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib keladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz