Maragodjip
Maragodjip (inglizcha: Maragogipe),
fil donasi (inglizcha: Elephant Beans) — Arabica qahvasining navlaridan biri, eng katta don hajmi bilan ajralib turadi.
Ushbu qahva dengiz sathidan 600-700 metr balandlikda oʻstiriladi. Maragodjip donalari oddiy Arabika donalaridan 3,5 marta koʻp. Ushbu turdagi donalardan tayyorlangan ichimliklar yumshoq, boy xushboʻy va shokoladli taʼmga ega.
Tarix
Ushbu turdagi qahva Braziliyaning Bahia shtatida joylashgan Maragodjip shahri atrofida paydo boʻldi. Bahiada qahva yetishtirish uchun ajoyib sharoitlar mavjud, natijasida bunday yirik donlar olindi. Vaqt oʻtishi bilan nav Janubiy Amerika boʻylab tarqaldi. Vaqt oʻtishi bilanb bu nav Janubiy Amerika boʻylab tarqaldi. Hozirgi vaqtda Nikaragua, Kolumbiya, Gvatemala, Meksika va boshqa qator mamlakatlarda yetishtirilmoqda.
Maragodjip aslida Braziliyada qahva ishlab chiqarish boʻyicha birinchi tajribaning natijasi boʻldi. Qaysi qahva daraxtlari Braziliya iqlimida ildiz otishi mumkinligini bilmasdan, mahalliy plantatorlar kichik maydonda turli xil navlarni ekishdi.Ulardan baʼzilari nobud boʻldi va tirik qolganlarning qayta changlanishi natijasida katta don hosilini olishga muvaffaq boʻldi.
Ehtimol, bu turdagi qahva donalarning kattaligi va uning taʼmi tufayli oʻz nomini olgan boʻlishi mumkin. Maragodjip donalari boshqa Arabika turlarining donalariga qaraganda 2-3 baravar katta boʻlib, bir dona doning uzunligi 2 sm dan oshishi mumkin.
Turlari
Oʻsish joyiga qarab maragodjipning turli navlari mavjud:
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org