Maqtaaral tumani





Paxtaorol  — Turkiston viloyatining janubiy qismida joylashgan tuman. Maydoni 1,8 ming km² (viloyat hududining 1,5 %). Aholisi 133 539 kishi. Tuman markazi — Mirzakent qishlogʻi.

Tarixi



Oldingi Sirdaryo guberniyasi, Tashqazaq uezining Yirjan boʻlisi parchalanib, shuning asosida 1928-yili 3-sentyabrda Yirjar tumani nomi bilan qayta tashkil etildi. 1930-yilda Paxtaorol nomi berildi. 1997-yili 24-aprelda paxta etishtiruvchi uchta tuman (Asiqata, Jetisay, Paxtaorol) parchalanib, ularning hududi qoʻshilib markazi — Jetisay shahri nomi bilan Paxtaorol tumani tashkil topdi.
2018-yil 5-iyunda Paxtaorol tumani tarkibidan Jetisay tumani ajralib chiqdi.

Aholisi



Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 297,931 kishini tashkil qildi, ularning oʻrtacha zichligi 1 km ga 165,5 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanda salmoqli qiymatga ega millatlar: qozoqlar, oʻzbeklar, tojiklar va boshqalar

Iqlimi



Iqlimi kontinental, qishi qisqa va iliq, yozi issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-4 °C, iyulniki 28-29 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200–250 mm.

Korxonalari



Tumanda 37-ta korxonalar 2007-yilning 1-choragida 4-mlrd 267-million tangalik mahsulotlar ishlab chiqarib, shu yilning rivojlanish rejasini 101,6 % bajardi.

Katta qishloqlari




Qishloq xoʻjaligi



Tuman dehqonlari 139-ming gektar ekinzorning 122744 gektariga paxta, 4834-gektariga gʻalla oʻsimliklari, 5092-gektariga ekinlar, 860-gektariga koʻchatlar, 566,2-gektariga uzum, 5830-gektariga bugʻdoy ekib, hozirgi kunda 1400-tonna bugʻdoy, 29000-tonna koʻkatlar, 37500- tonna mevalarning hosili olindi.

Madaniyat, sport



Tumanda madaniy hizmat boʻyicha 30 ta madaniyat uylari, klublar va 36 ta kutubxona bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz