Maqsud Sulaymon
Maqsud Sulaymon (qrim tatarcha: Maqsud Suleyman; 1909, Tavriya guberniyasi, — 1953, Andijon) — qrim-tatar yozuvchisi. Ikkinchi jahon urushida artilleriya ekipajiga qoʻmondonlik qildi.
Biografiya
Maqsud Sulaymon adabiyotga 30-yillarning boshida kirgan qrim-tatar shoirlaridan biridir. U 1908-yilda Larindorf tumanidagi Begen qishlog‘ida tug‘ilgan.
Simferopol toʻqqiz yillik namunali maktabda oʻqigan. Qrim pedagogika institutini tugatgan (1938). Talabalik yillarida she’r yoza boshlagan. Institutni tugatgach, “Яш ленинджилер” (“Yosh leninchilar”) va “Совет эдебияты” jurnallarida mas’ul kotib bo‘lib ishlagan.
1934-yilda uning “Насибе” she’ri nashr etilgan. 1934-yilda “Sivash xotiralari” nomli ilk she’riy to‘plamini nashr ettirdi. 1937-yilda uning "Sivash" va "Subbotniklar" sheʼrlari "Qrim shoirlari" to'plami uchun Arseniy Tarkovskiy tomonidan tarjima qilingan. 1940-yilda ikkinchi she'rlar to'plamini nashr etdi va Eshref Shemʼizoda bilan birgalikda oltinchi sinf oʻquvchilari uchun Qrim-tatar adabiyoti antologiyasini nashr etdi. “Миллионларнынъ джевабы”, “Санъа селям”, “Котериль, юртым”, “Дженк истемеймиз”, “Partizan Kamol” va “Koryushuv” she’rlari muallifi.
1939—1941-yillarda Simferopoldagi Mutaxassislar uyida yashagan. Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin, uni armiyaga chaqirishdi. Artilleriya ekipajiga qoʻmondonlik qildi. Jangda yaralanib, asirga olingan. Simferopol toʻqqiz yillik namunali maktabda oʻqigan. 1938-yilda Qrim pedagogika institutini tugatgan. Talabalik yillarida she’r yoza boshlagan. Institutni tugatgach, “Яш ленинджилер” (“Yosh leninchilar”) va “Совет эдебияты” jurnallarida mas’ul kotib bo‘lib ishlagan
1944-yilda Qrim-tatarlar deportatsiya qilinganidan keyin Oʻzbekiston SSRda, Andijon shahrida yashagan.
1953-yilda Andijon shahrida uzoq davom etgan kasallik tufayli vafot etgan.
Adabiyot
Ursu D.P., Qrim-tatar madaniyati arboblari (1921-1944), 112-113-betlar.
Manbalar
uz.wikipedia.org