Maqsud Karimov
Maqsud Karimov (tugʻ. 1985-yil 2-mart, Urganch, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, „Nasaf“ klubi himoyachisi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Hayoti
Maqsud Karimov 2-mart 1985-yil Urganch shahrida tugʻilgan. Maqsud yoshligidan futbol oʻynashni ona shahri Urganchda boshlagan. U Navroʻz shaharchasidagi 22-maktabda oʻqib, tamomlagan.
Futbolchilik faoliyati
Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida 2006-yilda „Xorazm“ tarkibida debyut qilgan. Karimov liganing barcha 30 oʻyinini maydonda oʻtkazgan jamoaning asosiy oʻyinchisi edi. Mavsum yakunida klub oliy divizionni tark etdi va 2007-yilda „Vobkent“ klubiga oʻtdi. Oʻsha mavsumda klub oliy ligani ham tark etdi, biroq Karimov kuchliroq boʻlgan „Nasaf“ klubi manfaatlari doirasiga kira oldi.
2008-yildan buyon Maqsud Karimov „Nasaf“ futbolchisi. „Nasaf“ tarkibida 2008-yilgi deyarli barcha oʻyinlarda qatnashgan. 2009-yilda esa Viktor Kumikovning jamoaga bosh murabbiy etib kelishi bilan jamoa tarkibi deyarli 95 foizga oʻzgardi, ammo Maqsud Karimov jamoada qoldi. 2011-yilda jamoani Anatoliy Demyanenko qabul qilib oldi va u ham asosiy tarkibdagi oʻrinni Maqsudga ishonib topshirdi. 2018-yilning 25-noyabr kuni u „Nasaf“ bilan soʻnggi oʻyinida maydonga tushdi va shundan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org