Maqset Utemurodov




Maxset Oʻtemuratov (qoraqalpoqcha: Maxset O'temuratov) — qoraqalpogʻistonlik estrada xonandasi. „Nihol“ davlat mukofoti sovrindori (2001-yilda). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan. Hozirda, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va Qoraqalpogʻiston xalq artisti.

2020-yilda Nukus shahridagi Prezident maktabiga mahorat darslarini oʻtishga biriktirilgan. Shu yilning oʻzida, Ozodbek Nazarbekovning „Mendirman“ qoʻshigʻiga ishlangan klipda Chingizxon rolini ijro etgan.

Hayoti



Maxset Keulimjaevich Oʻtemuratov 1978-yil 14-iyunda Nukus tumani Aqmang‘it qishlog‘ida oddiy oilada tug‘ilgan.

Otasi: Utemuratov Keulimzhai - 1940-yil 21-mart

Onasi: Utemuratova Oqsulu - 1946-yil 8-mart

1985-yilda Frunze nomidagi 1-o‘rta maktabga, 1890-yildan Berdaq nomidagi 21-o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirib, 1995-yilda uni muvaffaqiyatli tamomladi.

1996-yilda Ajiniyoz nomidagi Nukus pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakultetiga o‘qishga kirdi.

1996-1997 yillarda "Turan" KVN jamoasi rahbari etib saylangan. Shu yillardan boshlab uning ijodi boshlanadi.

1996-yilda marhum Zamira Xo‘janazarova xotirasiga bag‘ishlangan musobaqada faxrli 3-o‘rinni egalladi. Faxriy ustozlar e’tiborini qozonish katta sahnaga chiqadi.

1999-yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi metodisti lavozimida ish boshladi.

2000-yilda Qoraqalpog‘iston tarixida ilk bor “Turon” jamoasi “Quvnoqlar va ziyraklar” musobaqasining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, oltin kubokni qo‘lga kiritdi.

Maxset Oʻtemuratov Qoraqalpog‘iston Jo‘qori Kengashining diplomi bilan taqdirlandi.

Diskografiya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz