Maqbul Fida Husayn




Maqbul Fida Husayn (hindcha: मक़बूल फ़िदा हुसैन, urdu: مقبول فدا حسين, maratxi: मकबूल फिदा हुसेन; 17-sentabr, 1915 – 9-iyun, 2011) hind rassomi, suratkash, kinochi edi. Uni "Hindistonlik Picasso", deb atashadi, uning ijodi hind badiiy tasviriga katta taʼsir koʻrsatgan.

Maqbul Husayn Cézanne va Matisse asarlaridan ilhomlanib, ularning uslubida Mahabharata va Ramayana kabi hind dostonlariga illustratsiyalar chizgan. Shuningdek u kubist uslubida ham ijod qilgan, bunda u kundalik hindlar hayotini tasvirlar edi.

Maqbul Fida Husayn 2011-yili 9-iyunda Londondagi Royal Brompton kasalxonasida yurak xurujidan vafot etdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz