Maqat




Maqat  — Atirau viloyati Maqat tumanining markazi, qishloq (1934-yildan buyon). Atirau shahrida shimoli-sharqqa tomon 120 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 14 756 ming kishi (2012). Poydevori 1915-yili Embi-Kaspiy rus-ingliz korxonasining shu paytda dastlab neft ishlashiga (1913) bogʻliq qurildi.

Sanoati



Maqat viloyatdagi neft qazib olish sanoatining asosiy markazi va yirik temir yoʻl yoʻnalishi boʻlib hisoblanadi. Qishloqda Maqat neft-gaz boshqarmasi, Maqat lokomotiv deposi, Maqat temir yoʻl stansiyasi, avtomobil va temir yoʻl vokzallari, Dossor avtomabil taʼmirlash zavodi, savdo nuqtalari, tikish fabrikasi faoliyat yuritmoqda.

Transport



Maqat orqali Atirau — Orsk va Qoʻngʻirot — Beynev — Maqat — Inderbor temir yoʻllari kesishadi. Respublika ahamiyatiga ega Atirau — Maqat — Qandiagʻash — Orsk avtomobil yoʻli va 1968-yili barpo etilgan Oʻrta Osiyo — Markaziy gaz quvuri oʻtadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz