Maqash Tatimov




Maqash Baygʻalyuli Tatimov (1940-yil 30-aprel, Talgʻar, Olmaota viloyati — 2016-yil 16-aprel, Olmaota) — demograf-olim, pedagogika fanlari nomzodi (1970), siyosiy fanlar doktori (1995), professor (1996), demografiya asoschisi. Qozogʻistonda taʼlim, jamoat arbobi. Talgʻar shahrining hurmatli fuqarosi .

Biografiyasi



Argʻin qabilasining Qarakesek urugʻining Boyboʻri boʻlimidan chiqqan.

U Qozogʻistonda demografiya taʼlimining asoschisi, jamoat arbobi boʻldi. 1970-1993-yillari Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq institutining Xalqaro munosabatlarni oʻrganish markazida kichik, katta va yetakchi ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1992-yildan Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi oila, ayollar va demografik siyosat boʻyicha kengashning (1992-1997), Inson huquqlari boʻyicha komissiya (1992-yildan) aʼzosi, 1997-yildan esa Markaziy Osiyo universitetining rektori boʻldi.

Tatimov — migratsiya siyosatin tahlilchilarining, xorijda yashayotgan qozoqlarning vatanga qaytishin birinchi tashkilotchilaridan biri. Talgʻar shahrining hurmatli fuqorasi, „Hurmat“ ordeni bilan, koʻplab medallar bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz