Manzil bulvari




Manzil bulvari 73 qavatli bo'lib, uning balandligi 368 m (1,207 ft)ni tashkil etadi. Ushbu bino Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahridagi mehmonxona hisoblanadi. Unda 196 ta besh yulduzli mehmonxona xonalari va 523 ta xizmat koʻrsatiladigan turar joy mavjud. Bu Dubaydagi eng baland binolar ro'yxatida turadi. Unda restoran va 3 ta basseyn bor hamda Burj Xalifa manzarasi ko'rini turadi.

Mehmonxona doimiy ravishda xalqaro miqyosda taniqli 48 rassomning maxsus buyurtma asosida yaratilgan 251 ta original asarini namoyish etadi.

Tarixi



Loyiha 2012-yildan boshlab Emaar Properties tomonidan ishlab chiqilgan. 2012-yil sentabr oyida sotuvlar boshlangan kuniyoq ushbu binoga bo'lgan qiziqishlar tufayli tez fursatda sotilib ketgan.

Mehmonxona 2017-yilda ochilgan.

2018-yilda Emaar Dubaydagi mehmonxonalarini, shu jumladan Adres bulvarini Abu-Dabi milliy mehmonxonalariga 598 million dollarga sotganligi bizga sir emasdir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz