Mantiqiy qonunlar
Mantiqiy qonunlar - insonning tafakkuriga, fikr yuritish jarayoniga xos boʻlgan qonunlar. Mantiyey qonun tushunchasi fikrlar orasidagi zaruriy bogʻlanishni anglatadi. Mantiqiy qonunlar faqat tafakkurda amal qiladi va fikrning toʻgʻri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz asoslangan boʻlishini taʼminlaydi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan, ularda insonning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatining koʻp asrlik tajribasi qayd etilgan. Mantiqiy qonunlar mantiq ilmida oʻrganiladi. Mantiqiy qonunlar, asosan, toʻrtta: ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni (baʼzi adabiyotlarda ziddiyatsizlik qonuni deb ataladi), uchinchisi istisno qonuni, yetarli asos qonuni. Ulardan dastlabki uchtasini Aristotel birinchi boʻlib taʼriflab bergan. Turtinchisini V. Leybnits kashf etgan. Mantiqiy qonunlarga amal qilish voqelikni bilishning muhim shartlaridan biri boʻlib, toʻgʻri xulosa chiqarishga yordam beradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org