Mansurov Dilshod Ismatovich




Dilshod Ismatovich Mansurov (1983.12.12, Toshkent viloyati, Keles shahri) — erkin kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi. „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). M. 9 yoshidan boshlab Nurlan Jaqsilikov murabbiyligida erkin kurash bilan shugʻullanadi. Toshkent iqtisodiyot universiteti talabasi (2003). Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlari gʻolibi (1998, Moskva), yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni (2001, Dexli), ikki karra jahon chempioni (2000, Nansi; 2001, Toshkent). 55 kg vazn toifasida Osiyo chempioni oltin medalini qoʻlga kiritdi (2002, Pusan).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz