Mansurbek Qilichev
Mansurbek Baxtiyorovich Qilichev — oʻzbek diplomati. 2021-yildan Oʻzbekistonning Misrdagi elchisi.
Biografiyasi
Taʼlim
2000-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakulteti bakalavriatini, 2002-yilda shu institut Xalqaro munosabatlar magistraturasini tugatgan.
Mehnat faoliyati
2002-2005 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi referenti, 2-kotibi, 3-kotibi.
2005-2007 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
2008-2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti aspiranti.
2010-2011 — O‘zbekiston xorijdagi vatandoshlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati bo‘lim bosh mutaxassisi.
2012-2013-yillarda — O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasi 1-kotibi.
2013-2019-yillarda — O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsuli.
2019-2020-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot tahliliy markazi direktori o‘rinbosari — yig‘ma tahliliy bo‘lim boshlig‘i.
2020-2021-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021-yil 8-oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.
2022-yil 31-mart kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Ingliz va arab tillarini biladi.
Oilali. Uch nafar farzandi bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org