Mansur Saidov




Mansur Saidov - Sobiq futbolchi va hozirda murabbiy. Yarim himoyachi pozitsiyasida to'p surgan. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan birgalikda BAA 2003 jahon chempionatida ishtirokchisidir.

Futbolchilik faoliyati



Neftchi



Mansur Fargʻona futboli maktabi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatini dastlabki davrida Qoʻshtepa futbol maktabida keyinchalik „Neftchi“ futbol maktabida davom ettirdi. 2000-yildan rasman „Neftchi“ futbolchisi sifatida faoliyatini boshladi. 2001-yilgi Oʻzbekiston Superligasida soʻnggi erishilgan chempionlik tarkibida Saidovning ham hissasi bor edi. „Nefchi“ klubi safida 2013-yilgacha toʻp surgan xolda keyinchalik mahalliy birinchilikda bir nehca jamoa bilan sovrindorlar safidan joy oldi va jamoaning muhim oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2008-yilgi mavsumda Akmal Xolmatov jamoani tark etishi bilan klubning asosiy pleymekeriga aylandi va jamoaning muhim gollar aynan uning pasi bilan boshlanar edi.

Bunyodkor



2013-yilgi mavsum soʻnggida "Neftchi" klubi bilan 13 yillik oʻzaro hamkorlikdan soʻng, Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga oʻtdi. Qaldirgʻochlar safida yanggi mavsumga tayyorgarlik olib borganlekin jamoa safidan oʻrin olmadi va masum boshida Namanganning „Navbahor“ jamoasiga.

Navbahor



Mavsum startida milliy birinchilik boshlanishidan avval Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi. 2015-yilgi mavsum avvalida oʻzining sobiq jamoasi "Neftchi klubi safiga qaytdi. 2017-yilgi mavsumda yarim mavsum „Navbahor“ jamoasi safida oʻynaganidan soʻng yana Fargʻonaga „Neftchi“ klubi safiga qaytdi. Keyinchalik birinchi liga jamoalarida toʻp surdi.

Milliy terma jamoa



Yoshlar toifasida bir necha jamoalarda toʻp surgan. 2003-yilda tarixda ilk bor Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan. Kattalar safidagi debyutini 2007-yil Rauf Ineleyev qoʻl ostida oʻtkazgan. Milliy terma jamoa safida jami 4 ta uchrashuv oʻtkazgan

Murabbiylik faoliyati



Mansur faoliyatini yakunlaganidan soʻng 2022-yilda „Neftchi“ klubi U-19 jamoasi murabbiy etib tayinlandi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz