Mansur bin Ammor
Mansur bin Ammor – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abussariy. Marv yoki Bovard shahridan ekanligi haqida ixtilof bor. Mansur bin Ammor haqida “Tabaqot us-soʻfiya”, “Hulyat ul-avliyo”, “Risolat al-Qushayriya”, “Kashf ul-mahjub”, “Al-Fehrist”, “Tazkirat ul-avliyo”, “Taʼrixi guzida”, “Tabaqot ul-avliyo”, “Nafahot ul-uns” kitoblarida qaydlar mavjud. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org