Mansur




Mansur , al-Mansur, Abu Jaʼfar Abdulloh ibn Muhammad (707— 775) — abbosiylar sulolasiga mansub xalifa (754—775). Yirik davlat arbobi. Maʼmuriymoliya islohotini oʻtkazgan. Savdo va xunarmandchilikni taraqqiy etishiga rahnamo boʻlgan. Xalifalik chegarasini yanada kengaytirish maqsadida poytaxtni Al-Xoshimiyya degan joydan hozirgi Bagʻdod oʻrniga koʻchirib, shu bilan Bagdod shahriga asos solgan (762 yil). Barmakiylar xonadoniga mansub vazirlar koʻmagida davlatni idora qilgan. MANSUR (al-Mansur, Almansor) (? — 1002) — Kurtuba xalifaligining amaldagi hukmdori (976 yildan). Xalifa alhakam II davrida (961—976) hojib lavozimini egallagan. Ispaniyaning xristian davlatlari koʻshinlarini bir necha bor qaqshatqich magʻlubiyatga uchratgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz