Manot




(arabcha: مناة)qadimgi arab maʻbudasi; Nabateya, Suriya va Hijozda, ayniqsa, eʻzozlangan; taqdir va oʻlim maʻbudasi boʻlgan. Qora toshdan ishlangan sanami va sajdagohi
Makkadan Yasribga boradigan yoʻldagi Qudaydada joylashgan. Yasribdagi Avs va Xazraj
qabilalari Manotga ayniqsa qattiq topinganlar. Ular Makkadagi Kaʻba qatori Manotning
sajdagohini ham ziyorat qilganlar. M. Arabistonning eng qad. maʻbudalaridan hisoblanib
koʻpgina kishi nomlari tarkibiga ham qoʻshilgan. Makkada uchta maʻbuda (al-Lot va al-
Uzza qatorida)dan biri sifatida topilgan. Qudaydadagi sajdagoh Muhammad (sav)
topshiriqlariga koʻra 630-31 yilda buzib tashlangan.

Andoza:Myth-stub

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz