Manolo Gabbiadini
'''Manolo Gabbiadini''' (; 1991-yil 26-noyabrda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi hisoblanadi, A Seriyaning „Sampdoriya“ klubi vingeri hamda Italiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynayadi.
Gabbiadini oʻzining professional faoliyatini „Atalanta“ da boshlagan, u yerda 2010-yilda A Seriyada debyut qilgan. 2010 va 2011-yillar oraligʻida Cittadellaʼda bir yillik ijaradan soʻng, u 2012-yilda Boloniyaga koʻchib oʻti. Keyingi yili Gabbiadini „Sampdoriya“ klubiga borib qoʻshildi va u yerda u Italiya chempionatida oʻnta gol urdi. 2015-yilda u "Napoli" ga sotildi, 2017-yilning yanvaridagi transfer oynasida „Sautgempton“ ga o‘tdi. Gabbiadini 2019-yilda „Sampdoriya“ga qaytgandi.
Italiyani xalqaro miqyosda 20-yoshgacha va 21-yoshgacha boʻlgan toifalarda himoya qilgan Gabbiadini 2012-yilda asosiy jamoada debyutini oʻtkazdi.
Xalqaro martaba
Yoshlar
2010-yilning 17-noyabrida Gabbiadini Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut o‘yinini o‘tkazadi. 2011-yil 29-mart kuni Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida U21 terma jamoasi safidagi ilk golini kiritdi. 2011-yil 6-oktyabrda u Lixtenshteynga qarshi safarda 7:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda xet-trik qayd etdi. U 2013-yilda Isroilda bo‘lib o‘tgan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etisha erishadi. Musobaqaning guruh bosqichida mezbon Isroilga qarshi o‘yinda ikkita gol kiritishga erishadi. Musobaqa oxirida Italiya milliy terma jamoasi finalga yetib keladi. Lekin finalda Ispaniyaga milliy terma jamoasiga yutqazadi.
Karyera statistikasi
Klub
Xalqaro
Maʼlumotnomalar
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found
uz.wikipedia.org