Mannon Aliyev
Aliyev Mannon Gaffarovich – (1945-yil 19-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan) iqtisod fanlari nomzodi, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi.
Tarjimai holi
Mannon Gaffarovich Aliyev 1945-yil 19-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini duradgor sifatida 1960-yilda boshlagan. Ish jarayonida sanoat sohasidagi izlanish va qiziqishlari Toshkent xalq xo‘jaligi institutida (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) taʼlim olishga yetaklagan. 1969-yili oliy ta’limni tamomlab, harbiy xizmatga yuborilgan.
Faoliyati
M.G.Aliyev Toshkent xalq xo‘jaligi institutida stajyor (ish o‘rganuvchi) sifatida qabul qilingan va shu yerda aspirantura yo‘nalishida o‘qishini davom ettirib, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Uning jamiyat rivoji yo‘lida qo‘shgan xizmatlari munosib baholanib,
Ilmiy unvonlari
2015-yil 20-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish, demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishning faol ishtirokchisi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati, O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi aʼzosi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ahamiyati, partiya dasturiy g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
Ilmiy ishlari
G.Aliyev mehnat faoliyati davomida o‘ndan ortiq shogirdlarni tayyorlagan va ular milliy iqtisodiyot rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Uning beshta monografiya, ko‘plab o‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklari, 100 dan ortiq ilmiy maqola hamda tezislari nashr qilingan.
Ilmiy maqola va tezislari qator xorijiy davlatlar, jumladan, AQSh, Yaponiya, Belgiya, Gollandiya, Misr, Buyuk Britaniya, Shvetsiya kabi davlatlarda chop etilgan.
Manbalar
https://lex.uz/docs/-3119965?otherlang=1
uz.wikipedia.org