Manmohan Singh




Manmohan Singh (1932.26.9, Pokistonning Gax sh.chasi) — Hindiston davlat arbobi. Panjob universitetini tugatib, 1952 yil bakalavr, 1954 yil magistrlik darajasiga ega boʻlgan. Kembrij universitetida oʻqigan. 1957-yildan Panjob universitetida oʻqituvchi, 1966-yildan BMTning Jenevadagi savdo va taraqqiyot konferensiyasi kotibiyatida konsultant, 1969-yildan Dehli universiteti prof., 1972-yildan Hindiston moliya vazirligida iqtisodiyot boʻyicha maslahatchi, 1976-yildan shu vazirlikla iqtisodiy masalalar boʻyicha departament rahbari — vazir oʻrinbosari, 1982-yildan Hindiston rezerv banki boshqaruvchisi, ayni vaqtda 1983—1984-yillarda Hindiston bosh vaziri huzuridagi iqtisodiy kengash aʼzosi, 1985 yil Hindiston iqtisodiy assotsiatsiyasi prezidenti, 1985-yildan Hindiston reja komissiyasi raisi — vazir, 1990 yil dekabrdan Hindiston bosh vaziri maslahatchisi, 1991 yil Milliy universitet komissiyasi rahbari. 1991 va 1995 yil parlamentning yuqori pala-tasiga saylangan. 1991 yil iyundan Hin-diston moliya vaziri, 1996—2004 yillarda vazirlik huzuridagi Konsul-tativ qoʻmita aʼzosi. 1996 yil avgustdan parlamentda savdo qoʻmitasi raisi. 1996 yil mart — 2004 yil parlament yuqori palatasida muxolifat yetakchisi. 2000-yildan Hindiston parlament guruhi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi. 2004 yil 22-maydan Hindiston Respublikasi bosh vaziri. Iqtisodiyot boʻyicha ilmiy asarlar muallifi. Hindiston va xorijdagi bir qancha universitetlarning faxriy darajalari sohibi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz