Manjul Bhargava
Manjul Bhargava (1974-yil 8-avgustda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Bhargava sonlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2014-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Bhargavaning ota-onasi Hindistondan Kanadaga koʻchib borgan. Bhargava tugʻilgandan keyin esa AQShga koʻchib borishgan. Onasining kasbi matematik boʻlib, universitetda dars bergan va unga matematikadan saboq bergan. Bhargava 1996-yilda Harvard universitetidan bakalavr darajasini olgan. 2001-yilda Princeton universitetida matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2003-yildan beri Princeton universitetida, 2010-yildan beri parallel ravishda Leiden universitetida dars berib keladi.
Bhargava mahorat bilan tabla chaladi. Asbobni chalishni Zokir Hussyn kabi gurulardan oʻrgangan. Shuningdek, sanskrit tili va qadimiy Hindiston tarixi boʻyicha mutaxassis boʻlmish bobosi Purushottam Lal Bhargavadan sanskritchani oʻrgangan.
uz.wikipedia.org