Maninka




Malinke , maninka — Gʻarbiy Afrikada tarqalgan mande tillaridan biri, bamana va diula tillari bilan birgalikda mandingo til birligini tashkil etadi. Senegal, Gvineyada, qisman Mali, Liberiya, Syerra-Leoneda tarqalgan; unda 4 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Anchagina laxjalari bor: konya, koranko, manya, mau sinya va boshqa M.da unlilar tizimi rivojlangan: ochiq, choʻziq va burun fonemalar; bu uch belgi-xususiyat bir fonemaning oʻzidan namoyon boʻla oladi. Morfologiyasi yaxshi rivojlanmagan analitik til boʻlganligi sababli, M.da sintaktik vositalar, xususan, gapda qatiy belgilangan soʻz tartibi, koʻmakchilarning alohida oʻrni katta ahamiyatga ega.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz