Mangalyaan
Mars Orbiter Mission (inglizchadan: "Mars aylanuvchi missiya"), norasmiy nomi —
Mangalyaan (sanskr. मंगलयान, "Mars-kema"), Hindiston fazo tadqiqot tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va 2013-yil 5-noyabrda uchirilgan Mars orbital stansiyasidir. Hind fazo tashkiloti bayonotiga binoan, missiyadan maqsad sayyoralaro parvoz uchun kerakli texnologiyalar loyihalash, rejalashtirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishdir.
Mars Orbiter Mission zondi 2013-yil 5-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:38 da Sriharikota (Andhra Pradesh) dagi maydonchadan PSLV C25 tashuvchi raketa yordamida Yer orbitasiga olib chiqildi. Mars Orbiter Mission Hindistonning birinchi sayyoralaro loyihasidir. Missiya uddasidan chiqilsa, Hindiston fazo tadqiqot tashkiloti Marsga yetib borgan Sovet fazo dasturi, NASA va ESA fazo agentliklaridan keyin toʻrtinchi fazo tashkiloti boʻladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org