Manel Martines




Xose Manuel "Manel" Martinez Bel (1992-yil 25-martda tug'ilgan) - ispaniyalik futbolchi. Hujumchi apmulasida o'ynaydi.

Faoliyati



Kataloniyaning Barselona shahridagi Cabrera de Mar shaharchasida tug'ilgan Manel o'z faoliyatini UE Kornella jamoasida boshladi. U 2011-yilda klubdagi debyutini o'tkazdi va keyinchalik CD Masnou jamoasiga o'tdi.

2012-yilda, CE Europa jamoasida qisqa muddat to'p surdi. Keyinchalik Manel chet elga ko'chib o'tdi va o'qish paytida Virjiniya Hamdo'stlik universitetining VCU Rams jamoasiga qo'shildi. 2013-yil 17-iyun kuni u Milliy Premer-Liga klubi RVA FC bilan shartnoma imzoladi va jamoa bilan chempion bo'ldi.

2015-yil yanvar oyida Manel o'z vataniga qaytib keldi va hali ham to'rtinchi divizionda bo'lgan CE Sabadell FC B bilan shartnoma imzoladi. U 16-iyunda shartnomasini 2017-yilga qadar uzaytirdi. Mavsum davomida 18 o'yinda 13 ta gol urib, 31-dekabrda asosiy tarkibga ko'tarildi. CE Sabadell FC B Manel bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi.

2016-yilning 22-iyulida Manel Segunda Divizionining “Girona FC” klubiga qo‘shildi. Ammo 18-avgust kuni uchinchi diviziondagi “UE Llagostera” jamoasiga bir yilga ijaraga berildi. Mavsum davomida 14 ta gol urdi. Keyingi mavsum Lorka FKga ijara asosida qo'shildi va klubga pley-off o'yinlarida yordam berdi.

Manel o'zining professional debyutini 2017-yilning 18-avgustida o'tkazdi va o'z maydonida Cultural y Deportiva Leonesa jamoasi bilan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 2018-yil 11-yanvarda u klub bilan shartnomasini tugatdi va "Girona FC"ga qaytdi.

2018-yilning 17-iyulida Manel uchinchi diviziondagi Real Mursiya bilan shartnoma imzoladi Keyingi mavsumda Manel Marbella FC ga qo'shildi. 2021-yilgi mavsumda Surxon (futbol klubi) bilan shartnoma imzoladi.

Shaxsiy hayoti



Manel "Barselona" ning sobiq himoyachisi Manoloning o'g'li hisoblanadi.

Mukofotlari



RVA FK

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz