Mandolina




Mandolina (ital. mandolino) — lyutnya oilasiga mansub torli tirnama musiqa cholgʻusi. Italiyada paydo boʻlib, 17-asrda hozirgi shaklga ega boʻldi. 18-asrdan M. — eng sevimli italyan xalq cholgʻusi, 19-asrdan Yevropa (jumladan, baʼzi turkiy xalqlar — tatar, boshqird va boshqalar) da ommaviylashgan. 4—6 juft torlari kvinta boʻyicha sozlanadi, tovushi tiniq, jarangdor va kuychan. Bir necha xillari (neapolitan, Florensiya M.lari, mandola va boshqalar) mavjud. Yakka, joʻrovoz hamda orkestr cholgʻusi sifatida ishlatiladi. Kompozitorlar ham (Betxoven, A. Vivaldi va boshqa, Oʻzbekistonda F. Leysek) M. uchun asarlar yaratishgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz