Mandakini
Mandakini (tugʻilgan
Yasmeen Joseph ; 1963-yil 30-iyul) — hindistonlik sobiq aktrisa. U 1985-yilda mashhur Ram Teri Ganga Maili filmidagi bosh roli bilan yaxshi esda qolgan. Mandakini keyinchalik Merfi reklamasida bolakay rolini oʻynagan doktor Kagyurga turmushga chiqdi.
Yoshlik davri
Mandakini 1963-yil 30-iyulda Meerutda Yasmeen Jozeph ismi bilan Tugʻilgan. Uning otasi ingliz, onasi esa kashmirlik. 22 yoshida uni afsonaviy rejissyor Raj Kapoor kashf qildi va unga „Mandakini“ ekran nomi berildi.
Kino faoliyati
Mandakini hind kino sanoatidagi birinchi filmi 1985-yilda prodyuser-rejissyor Raj Kapoorning kenja oʻgʻli Rajiv Kapoorning Ram Teri Ganga Maili filmi boʻlib unda u bosh rolni ijro etgan. Film blokbaster edi va Mandakini eng yaxshi aktrisa sifatida Filmfare nominatsiyasiga sazovor boʻldi. Keyin u Mithun Chakraborti bilan Dance Dance, Aditya Pancholi bilan Kaxan Xay Kanun va Govinda bilan Pyaar Karke Dexo kabi yana bir nechta muvaffaqiyatli filmlarda rol oʻynadi, lekin birinchi filmining muvaffaqiyatini qayta tiklay olmadi. Aktrisa 1996-yilda suratga olingan „Zordaar“ filmidan keyin Bolliwood sanoati bilan xayrlashishga qaror qildi.
Buddizmni qabul qilish va Yoga
1990-yilda Mandakini sobiq buddist rohib doktor Kagyur T. Rinpoche Thakurga turmushga chiqdi va buddizmni qabul qildi. Uning eri bolaligida 1970 va 1980-yillarda Merfi radiosi reklamalarida koʻrsatilgan bolakay sifatida shuhrat qozongan. Er-xotinning Rabbil ismli oʻgʻli va Rabze Innaya ismli qizi bor. Buddizmni qabul qilib, Dalai Lamaning izdoshi boʻlganidan soʻng, Mandakini Tibet yoga boʻyicha mashgʻulotlarni boshladi, eri esa Tibet oʻsimliklar markazini boshqaradi.
Filmografiyasi
Manbalar
uz.wikipedia.org