Manas (eposi)
Manas — qirgʻiz xalq qahramonlik eposi. Asar 3 qismdan iborat (500-553 misra). Geneologik sikl asosida bosh qahramon Manas, uning oʻgʻli Semetey va Semeteyning oʻgʻli Seytekning qahramonona hayoti tafsiliga bagʻishlangan. ,,Manas" nazmda yozilgan boʻlib, sheʼriyatning sajʼ yoʻli bilan aytilgan. ,,Manas" odatdagi qahramonlik eposi koʻlamidan ancha keng. U qirgʻiz hayotining oʻtmishdagi qariyb barcha sohalarini oʻzida jamlagan va shu jihati bilan ,,qirgʻiz xalqi hayotining badiiy qomusi" deb eʼtirof etiladi. Asarning asosiy motivi qahramonona vatanparvarlikdir; unda ona yurtni tashqi va ichki yovlar zulmidan qutqarish va qoʻriqlash, zulm va haqsizlikka nafrat, diniy va milliy anʼanalarga hurmat yetakchilik qiladi. Dostonda milliy turmushning barcha jihatlari keng koʻlamda va teran aks etgan, shuning uchun ham Chingiz Aytmatov uni ,,qadimgi qirgʻiz ruhining sarbaland choʻqqisi" deb atagan edi. Asarda Baqay, Almambet, Qoʻshay, Sirgʻaq, Xonikey, Aloke, Chubaq, Semetey, Qoʻzqamanlar, Oychurek kabi oʻziga xos xarakterga ega boʻlgan oʻnlab xilma-xil yetakchi obrazlar bor. ,,Manas" esa butun epos voqealari markazida turadigan bosh qahramondir. Asarda yuzlab personajlar ishtirok etishi, voqealar qariyb yuz yillik muddat ichida Osiyoning juda katta hududi — Uzoq Sharqdagi Amur daryosi boʻylaridan tortib Oltoy, Markaziy Osiyodagi voqealarni qamrab olganligi tufayli, ,,Manas" nihoyatda keng koʻlamga ega — u hajman nafaqat turkiy ellar folkloridagi, balki dunyodagi eng yirik doston hisoblanadi; 1-qismining oʻzi 250 ming misradan ortiq.
,,Manas"ning alohida ahamiyati shundaki, u biron-bir urugʻ yo qabila dostoni boʻlmay, umumxalq eposidir, ikkinchidan, unda tasvirlangan voqelik tugal — boshlanishi va yakuniga qadar mumtoz qahramonlik eposining janr xususiyatlariga toʻla muvofiq keladi va shu jihati bilan ham monumentaldir.
,,Manas"ni oʻrganish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. Qozoq etnografi Ch.Ch.Valixonov, keyinroq V. V. Radlov ,,Manas"dan parchalarni ilk bor qogʻozga tushirib, uning rus va nemis tillaridagi taglamasini taqdim qilishgan. XX asrda epos manaschi Sogʻimboy Oʻrozbekov, Sayoqboy Qoralayev va boshqa oqinlar ijrosida yozib olingan. ,,Manas" hozirda ham yaratilayotgan va jonli ijro etilayotgan dunyodagi yagona eposdir. Hozirga qadar ,,Manas"ning 80 dan ortiq varianti yozib olingan. Doston XX asrda V.V.Jirmunskiy, M.Avezov, R.Z. Qodirboyeva va boshqa olimlar tomonidan teran tadqiq etilgan. Qirgʻiziston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ishlab turgan ,,Manas" boʻlimi manasshunoslikni ilmiy oʻrganish va muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi.
,,Manas"ning boshqa turkiy xalqlar dostonlari bilan mushtarak jihatlari borligi toʻgʻrisida gipotezalar mavjud, ammo tasdiqlanmagan; oʻxshash motivlar esa genealogik emas, balki tipologik asosga ega.
,,Manas" qirgʻiz xalqining milliy iftixoridir, xalqaro aeroport, institut va boshqalarga ,,Manas" nomi berilgan, 2 jildli ,,Manas" ensiklopediyasi nashr etilgan. ,,Manas" oʻzbek tiliga ilk bor 1958-yilda ,,Qirgʻiziston haqiqati" gazeta nashriyoti xodimlari tomonidan qisman oʻgirilgan edi. 1964-yilda Mirtemir tarjimasida eposning 1-qismi bosilib chiqdi. Bu tarjima Ch.Aytmatov va boshqa qirgʻiz hamda oʻzbek olimlarining yuksak bahosiga sazovor boʻlgan. ,,Manas"ning 2-qismi esa Sultan Akbariy tomonidan ancha qisqartirishlar bilan 1982-yilda nashr etildi va nihoyat, ,,Manas"ning bolalar uchun tayyorlangan varianti tarjimasi 1995-yil bosilib chiqdi (uning tarjimoni T.Adashboyev Xalqaro ,,Manas" oltin medali bilan taqdirlandi).
1995-yil barcha turkiy tilli davlatlarda ,,Manas" eposining 1000 yilligi xalqaro miqyosda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi.
Zuhriddin Isomiddinov.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Manas eposi haqida to‘liq ma’lumot
Kirish
"Manas" — qirg‘iz milliy dostonidir va dunyodagi eng uzun epik asarlardan biridir. U asosan qirg‘iz xalqining tarixini, urf-odatlarini, jasoratini, qahramonligini va milliy merosini o‘zida aks ettiradi. Manas eposi xalq og‘zaki ijodi orqali avlodlardan avlodlarga o‘tib, qirq million qirg‘iz aholisi orasida katta obro‘ga ega. Bu doston qirg‘iz tilida yaratilgan eng muhim madaniy yodgorlik sanaladi.
Eposning mazmuni va asosiy qahramonlari
Epos asosiy qahramoni — Manas bo‘lib, u qirg‘iz xalqining qahramon va yetakchisidir. Manas va uning avlodlari qabilalarni birlashtirib, dushmanlarga qarshi kurashadi, o‘z xalqi uchun mustahkam davlat barpo etishga intiladi.
Epostagi asosiy mavzular:
- Qahramonlik va jasorat
- Oila va qabila qadriyatlari
- Do‘stlik va sadoqat
- Adolat va erkinlik uchun kurash
Manas eposida Manasning o‘g‘li Jigit, nabirasi Semetey, va boshqa qahramonlar ham muhim o‘rin tutadi.
Eposning tuzilishi va hajmi
Manas eposi juda katta hajmga ega bo‘lib, uning turli variantlarida yuz minglab satrdan iborat. Ba’zi manbalarda uning hajmi 500 mingdan ortiq misralarni tashkil etadi, bu esa uni insoniyat tarixidagi eng uzun og‘zaki dostonlardan biriga aylantiradi.
Epos bir necha qismga bo‘lingan:
- Manas — dastlabki qahramon haqidagi qismlar
- Semetey — Manasning nabirasi haqidagi qismlar
- Seytek — uchinchi avlod qahramoni haqidagi bo‘limlar
Tarixi va shakllanishi
Manas eposi an’anaviy ravishda xo‘jalik bilan shug‘ullanadigan chorvachilik qabilalar orasida yuzaga kelgan. U asosan og‘zaki an’analar asosida shakllangan va uzoq asrlar davomida qahramonlar qo‘shiqlari, hikoyalar va dostonlar ko‘rinishida saqlanib kelgan.
Dostonning aniq yozilgan shakli 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yuzaga kelgan, ammo epik qahramon Manas haqidagi rivoyatlar undan ancha oldin paydo bo‘lgani taxmin qilinadi.
Manas eposining madaniy ahamiyati
Manas — qirg‘iz xalqining milliy birdamligi va madaniy o‘zligini ifodalaydi. Uning yordamida qirg‘iz xalqining qadimiy tarixi, urf-odatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy hayoti saqlanib qolgan.
1985-yilda BMT ta’kidigicha, Manas eposi butun insoniyat madaniy merosining bir qismi sifatida ahamiyatga ega, u xalqlarning mehr-oqibatligi va do‘stligini targ‘ib qiladi.
Xulosa
Manas eposi nafaqat qirg‘iz xalqining, balki butun Markaziy Osiyo xalqlari uchun ulkan madaniy boylikdir. Bu doston o‘zida jasorat, fidoyilik, adolat, erkinlik va milliy g‘ururni mujassamlashtirgan bo‘lib, xalq og‘zaki ijodining eng yorqin namunalaridan biridir. Bugungi kunda Manas eposi turli badiiy asarlar, teatrlashtirilgan ko‘rinishlar, musiqalar va tadbirlarda keng targ‘ib qilinmoqda.
Agar Manas eposi haqida yanada batafsil yoki boshqa o‘lkamadagi o'xshash eposlar haqida ma'lumot kerak bo‘lsa, xursandlik bilan yordam beraman!