Manama
Manama (arab. المنامة Al-Manāmah) — Bahrayn davlatining poytaxti (1971-yildan). Bahrayn orolining shimoli-sharqiy qismidagi Ar-Rummon yarim orolida joylashgan. Aholisi shahar atrofi bilan 157,4 ming kishi (2010).
Tarixi
Shahar bir necha bor bosqinchilikni boshidan kechirdi. 1521-yil shaharni portugallar bosib oldi. 1783-yildan boshlab Halifaxlar sulolalasining qoʻliga oʻtdi. 1971-yildan boshlab Bahraynning poytaxtiga aylandi.
Transporti
Mamlakatning Fors qoʻltigʻidagi asosiy porti. Damba orqali Muharrak orolidagi Muharrak shahri bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.
Sanoati
Manamada neftni qayta ishlash zavodi, neft kimyosi kombinati, alyuminiy zavodi, kema taʼmirlash korxonasi, mayda va oʻrta yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid va sadaf olinadi.
Iqlimi
Iqlimi tropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati 16 °C, avgustniki 37 °C. Yiliga oʻrtacha 90 mm yogʻin yogʻadi.
Hamdoʻst shaharlar
Manbalar
uz.wikipedia.org