MAN Auto-Uzbekistan
JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009-2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi.
Mahsulotlari
Ishlab chiqarish koʻrsatkichlari
Manbalar
Ссылки
uz.wikipedia.org