Mamzer
Mamzer (ayollarga nisbatan mamzeret ishlatiladi) - Galaxaga ko‘ra, yahudiylikda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh vositasida yoki noqonuniy tugʻilgan chaqaloq. Shuningdek, Galaxada bayon etilgan muayyan qoidalar asosida buzilmagan nikohdan keyingi ikkinchi nikoh tufayli tugʻilgan chaqaloq ham mamzer hisoblanadi. Musoning Besh kitobida mamzer atamasi faqat bir marta ishlatilgan: “Mamzer Parvardigorning jamoasiga kirmasin, uning o‘ninchi avlodi ham Parvardigorning jamoasiga kirmasin”. Shunga binoan, Galaxada mamzer va uning avlodlari bilan qarindosh tutinish ta’qiqlangan. Ba’zi manbalarda esa mamzerning o‘ninchi avlodidan keyingi farzandlari bilan boshqa yahudiylarning nikoh qurishiga ruxsat berilganligi aytiladi. Mamzer atamasining kelib chiqishi ma’lum emas. Septuagintada ushbu so‘z „suyuqoyoq ayolning farzandi“deb, payg‘ambar Zxariya kitobida esa „begona qabila“ deb tarjima qilingan. Rashi uni „begona xalq“, Naxmanid esa „o‘zining birodarlariga begona, kelib chiqishi noma’lum“ kimsa sifatida izohlagan. Galaxaga ko‘ra, nikoh borasida mamzerlarning huquqlari cheklangan bo‘lib, ular o‘zaro yoki prozelitlar bilangina nikoh qurishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Qolgan masalalarda esa ular boshqa yahudiylar bilan teng huquqli hisoblanadilar. Talmudda „shubhali mamzer“ - asufi („qabul qilingan“, ya’ni tashlandiq bola) va „shtuki“ („berkitilgan“, ya’ni turmush qurmagan ayoldan tug‘ilgan farzand, odatda ayol uning otasining ismini aytishdan bosh tortadi yoki uning otasi kimligi noma’lum ekanligini iddao qiladi) tushunchalari ham mavjud. Biroq chaqaloq muayyan ehtiyoj (ochlik va urush kabi) sababli tashlab ketilganligi, yoki kimdir u hakda qayg‘urganligi (xatna qilingan, topish oson bo‘lgan joyda qoldirilgan) ma’lum bo‘lsa, u shubhali mamzer deb hisoblanmaydi. Shuningdek, agar turmush qurmagan ayol farzandining otasini ma’lum qilmasdan, uning mamzer emasligini aytsa shtuki ham shubhali mamzer hisoblanmaydi. Shubhali mamzer faqatgina prozelit ayol bilan turmush qurishi mumkin bo‘ladi. Ba’zi manbalarga ko‘ra mamzerlar Talmud muallimlari tomonidan o‘rnatilgan ajralish marosimlari hamda taloq xatining shakliga amalga qilmaganligi uchun ham shubhali deb hisoblanadilar. Yahudiylikdagi islohotchilik harakatida Galaxa tomonidan o‘rnatilgan ajralish marosimi majburiy emas deb tan olingan. Yahudiy xalq leksikasida „mamzer“ so‘zi odatda „ayyor, uddaburon inson“ ma’nosida qo‘llanadi. Mamzer maqomi masalasida Galaxaning mutaassib tarafdorlarining shafqatsiz yondashuvidan farqli ravishda, Aggad mamzer taqdiriga achinish bilan munosabat bildiradi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
"O‘zbek tilida “mamzer” so‘zi asosan ikki ma’noda ishlatiladi:
-
Huquqiy va ijtimoiy ma’no:
“Mamzer” so‘zi oilaviy huquqda ishlatiladi va er-xotin munosabatlaridan tashqarida tug‘ilgan bola, ya’ni ota yoki onasi nikohsiz bo‘lgan holda dunyoga kelgan farzand ma’nosini bildiradi. Ichki ishlar va fuqaro holati to‘g‘risidagi qonun-qoidalarga ko‘ra, bunday bolalar “mamzer” deb ataladi. Ular ba’zan meros huquqi, oilaviy huquq va boshqa sohalarda cheklovlarga duch kelishi mumkin. Lekin zamonaviy jamiyatlarda bunday cheklovlar kamayib, teng huquqli yondashuv kuchaymoqda.
-
So‘z ma’nosi va ijtimoiy kontekst:
Kundalik til va og‘zaki muloqotda “mamzer” so‘zi qattiq tanbeh, haqorat sifatida ham ishlatiladi. Bu holatda u kimgadir past nazar bilan qarash yoki kamsitish maqsadida ishlatiladigan haqorat so‘zi sifatida qabul qilinadi. O‘zbek madaniyatida bunday so‘zlarni ishlatish odatda hurmatsizlik belgisi hisoblanadi va muloyim muloqotda undan tiyilish tavsiya etiladi.
Xulosa:
“O‘zbek tilidagi “mamzer” so‘zi nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy va madaniy jihatdan ham o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lib, uning ishlatilish konteksti va maqsadiga qarab mazmuni aniqlanadi. Zamonaviy jamiyatda har doim insonlarni hurmat qilish va haqorat so‘zlardan foydalanmaslik muhimdir.”