Maʼmura Dehqonova
Maʼmura Ulmasovna Dehqonova 1964-yilning 17-oktyabrda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan. 1982-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Toʻqimachilik taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan. Oʻz faoliyatini 1989-yilda Toshkent shahar 56-hunar-texnika bilim yurti ishlab chiqarish taʼlimi ustasi sifatida boshlagan. 1991-yilda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta instituti uslubchisi, oʻquv boʻlimi boshligʻi, oʻqituvchisi, katta oʻqituvchi, kafedra mudiri boʻlib ishlagan. 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi yetakchi eksperti lavozimida ishladi. 2010-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining „Falsafa va siyosatshunoslik“ kafedrasi dotsenti, 2020-yilda Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi „Taʼlim texnologiyalari“ kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Bugungi kunda Toshkent davlat pedagogika unversitetining „Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi“ kafedrasida dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org