Maʼmun Ibn Maʼmun Abul Abbos




Maʼmun Ibn Maʼmun Abul Abbos (? — 1017) — xorazmshohlar sulolasining 3-hukmdori (1009—17). Gurganch (Urganch)da "Maʼmun akademiyasi"ga asos solgan (qarang Xorazm Maʼmun akademiyasi). Oʻrta Osiyo, Sharq mamlakatlarining bir qancha alloma, shoir va yozuvchilarini oʻz atrofiga toʻplagan. Maʼmun Ibn Maʼmun Abul Abbos Urganchda bir qancha yirik binolar qurdirgan. Mahmud Gʻaznaviyning Xorazmga qilgan yurishi (1017) natijasida bu yerdagi olimlarning koʻpchiligi Gʻaznaga majburan olib ketilgan, shahar inqirozga yuz tutgan. Saroyda uyushtirilgan suiqasd natijasida Maʼmun Ibn Maʼmun Abul Abbos oʻldirilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz