Mamuka Gongadze




Mamuka Tamazovich Gongadze (gruzincha: მამუკა თამაზის ძე ღონღაძე; 1985-yil 25-noyabr, Tsqaltubo) — gruzin futbolchisi, hujumchi.

Mamuka Gongadze 17 yoshida mahalliy „Samgurali“ klubida futbol oʻynay boshlagan va shu vaqt ichida u Gruziya va Oʻzbekistonning bir qancha klublarida oʻynashga muvaffaq boʻlgan.

2010-yilning avgust oyida Latviyaning „Daugava“ Daugavpils klubiga oʻtdi. 2003-2004-yillarda Samgurali jamoasida 27 marta maydonga tushib 7 ta gol urgan. 2005-2007-yillarda Torpedo (Kutaisi) jamoasida 42 marta maydonga tushib 6 ta gol urgan. 2007-yilda Mesxeti klubida 9 marta maydonga tushib 1 ta gol urgan. 2008-yili Spartak-Sxinvali jamoasida 23 marta maydonga tushib 3 ta gol urgan. 2009-yilda Mashʼal jamoasida 12 marta maydonga tushib 1 ta darvozaga gol urgan. 2009-2010-yillarda Samgurali klubida 8 marta maydonga tushib 8 ta gol muallifiga aylangan. 2010-2013-yillarda Daugava (Daugavpils) jamoasida 88 marta maydonga tushib 46 marta raqiblar darvozasin ishgʻol qilgan. 2013-yilda DYUSSH Liukste jamoasida 9 marta maydonga tushib 2 marta gol urgan. 2014-yilgi Torpedo (Kutaisi) jamoasida 8 marta maydonga tushib 4 ta gol muallifiga aylangan. 2015-yili Kolxeti jamoasida 2 marta maydonga tushib biror marta ham gol ura olmadi. 2017-yilgi Borjomi jamoasiga oʻtdi va u jamoadagi maʼlumotlar aniq emas. 2018-yildan beri oʻzining birinchi jamoasi Samguraliga qaytdi va hozirda ham shu jamoada toʻp surmoqda.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz