Mamlyutka




Mamlyutka  — Qozogʻistondagi shahar (1969-yildan buyon), Shimoliy Qozogʻiston viloyati Mamlyut tumanining markazi (1932-yildan buyon, temir yoʻl bekati). Viloyat markazi — Petropavlovsk shahrining gʻarbigacha 40 km, oʻrmonli hududda joylashgan. Aholisi 7,338 kishi (2012). Rossiyadan koʻchib keluvchilarga atab 1814-yili poydevori qurildi.

Ijtimoiy soha



Mamlyutka shahrida 3 ta umumiy bilim beruvchi maktab, litsey-maktab, 3 kutubxona, madaniyat uyi, tuman kasalxonasi, 2 dorixona, v.h. faoliyat yuritmoqda.

Sanoati



Mamlyutka orqali Omsk-Qorgʻon temir yoʻli, Qoʻstanoy — Petropavlovsk avtomobil yoʻli oʻtadi. Mamlyutkada tegirmonlar, agro sanoat kompleksining „Golden Greyn“ filiali, oʻrmon xoʻjaligi korxonasi, v.h. faoliyat yuritadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz