Mamluk sultonlari ro'yxati
Quyida
Mamluk sultonlari ro'yxati keltirilgan.
Mamluklar sultonligiga 1250-yilda Ayyubiylar sultoni Solih Ayyubning mamluklari asos solgan. U Ayyubiylar davlatining oʻrnini egallagan. Shu bilan birga u Qohirada joylashgan bo'lib, o'zining ko'p tarixi davomida sultonlik hududlari Misr, Suriya va Kichik Osiyoning bir qismi, Yuqori Mesopotamiya va Hijozni qamrab oladi. Sultonlik 1517-yilda Usmonli imperiyasining hokimyatga kelishi bilan tugagan.
Sulton an-Nosir Muhammad uch marta hukmronlik qilgan.
Sultonlar an-Nosir Hasan, Salohad-Din Hoji, Barquq va an-Nosir Faraj ikki marta hukmronlik qilgan boʻlsa-da, jami 47 ta sulton boʻlgan. Mamluklar davri, odatda, ikki davrga bo'lingan. Bular Bahri va Burji davrlari. Bahri sultonlari asosan turkiy bo'lgan , Burji sultonlari esa asosan etnik cherkeslar bo'lgan.
Mamluklarning dastlabki uch sultoni Aybak va uning o‘g‘li al-Mansur Ali va Qutuz, odatda, Bahriylar sulolasining bir qismi hisoblansa-da, ular Bahriy mamluklar polki tarkibiga kirmagan. Ular Bahriylarning siyosiy manfaatlariga qarshi chiqqanlar.
Bahriylar safidan chiqqan 1-sulton Baybars edi.
Burji mamluklari 1382-yilda Sulton Barquqning taxtga kelishi bilan taxtni egallab olishadi. 34-sulton al-Musta'in Billoh ham Mamluk Abbosiy xalifasi bo'lib, hokimiyat tepasiga Burji amirlari tomonidan siymo sifatida o'rnatilgan.
Sultonlar ro'yxati
uz.wikipedia.org