Mamlakatning pul birligi
Pul birligi , mamlakatning pul birligi — mamlakatda qonun yoʻli bilan joriy pul belgisi, mamlakat pul tizimining asosiy unsuri boʻlgan pul hisob kitobi birligi. Mas, Oʻzbekistonning Pul birligi — soʻm. AQShning Pul birligi — AQSH dollari, Buyuk Britaniya Pul birligi — funt sterling. Pul birligi mayda qismlarga boʻlinadi. Mas, 1 soʻm=100 tiyin, 1 rubl=100 kopeyka, 1 AQSH dollari=100 sent. 21-asr boshiga kelib jahon mamlakatlarining birontasida ham monometall pul muomalasi qolmadi. Shu sababli, asosiy Pul birligi kredit bank biletlari (banknotlar), shuningdek, davlat xazina biletlari va tanga pullardan iborat.
Manbalar
uz.wikipedia.org