Mamlakat Mahkamova
Mamlakat Abduqodirovna Mahkamova (1965-yil 13-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2022-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari doktori (2004), professor (2008).
Biografiyasi
Mamlakat Mahkamova 1965-yilg 13-iyun Toshkent shahrida tarix fanlari doktori, professor Oʻrolov Abduqodir oilasida tug‘ilgan. 1988-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis–iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1992—2002-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Mashinasozlik iqtisodiyoti va uni boshqarish“ kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, 2004—2005-yillarda universitetning „Biznes boshqaruvi“ fakulteti dekani, 2006—2010-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Menejment va marketing“ kafedrasi mudiri, 2017—2022-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Korporativ boshqaruv“ kafedrasi, soʻngra „Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti“ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Ilmiy faoliyati
1988—1992-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti aspiranturasida oʻqigan. 1994-yilda „Bozor munosabatlarida o‘tish sharoitida O‘zbekiston Respublikasining mashinasozlik korxonalarida ishchilarni moddiy rag‘batlantirish“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darjasini olgan. 2004-yilda iqtisodiy fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1998-yilda dotsent, 2008-yilda professor ilmiy unvoni beilgan. 30 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, 9 ta monografiya, 5 ta darslik, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
Manbalar
uz.wikipedia.org