Mamed Usmonov




Mamed Usmonov (1922-yil 16-noyabr, Andijon, Turkiston ASSR — 2013-yil 16-sentyabr, Gidrotorf posyolkasi, Balaxnin tumani, Nijniy Novgorod viloyati) Oʻrta Osiyo temir yoʻli Samarqand temir yoʻl stansiyasining 6-vagon deposi avtokontrol punkti chilangari, 1991-yil Oʻzbekiston SSR Qahramoni, Sotsialistik Mehnat Qahramoni mukofotlari bilan taqdrilangan.

Biografiyasi



Mamed Usmonov 1922-yilda Andijonda viloyatida tavallud topgan.

Boshlangʻich maktabni tamomlaganidan soʻng, hunarmandchilik bilim yurtida tahsil oladi.

1938-yildan Samarqand temir yoʻl stansiyasining 6-vagon deposida chilangar sifatida mehnat faoliyatini boshlaydi. 1942-yilda Qizil armiyaga safarbarlik ishlari boʻyicha chaqirtirilgan. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Pskov va Leningrad atrofida jang olib borgan. Latviyadagi janglardan birida jiddiy jarohat oladi va kasalxonada davolanib chiqqanidan soʻng yurtiga demobilizatsiya qilinadi. Usmonov urushdan keyin vataniga nogiron boʻlib qaytadi.

Usmonov yurtiga qaytgach, Samarqand temir yoʻl stansiyasining 6-vagon deposida avtokontrol punktida chilangar yani temir yoʻlchi boʻlib faoliyat olib boradi.

1966—1970-yillarda sotsialistik majburiyatlarini va ishlab chiqarish topshiriqlarini muddatidan oldin bajarganligi bois SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1971-yil 4-maydagi farmoni bilan Lenin ordeni bilan, besh yillik transport rejasi topshiriqlarini bajarishda va temir yoʻl transportining texnik vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda erishgan ulkan yutuqlari uchun „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali (№ 15389) hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonlari bilan taqdirlangan.

Mamed Usmonov 1977-yilda nafaqaga chiqadi. Mehnat faoliyatini yakunlaganidan keyingi hayoti Samarqandda kechadi. Keyinchalik, 2007-yilda oilasi bilan birga Balaxni tumanidagi Gidrotorf posyolkasiga koʻchib oʻtib, 2013-yilda oʻsha yerda vafot etdi. Qabri oʻzi yashagan hududga dafn etilgan.

Mukofotlari




Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz