Mamayunus Pardayev
Mamayunus Qarshiboyevich Pardayev (1948-yil 12-fevral, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
Mamayunus Pardayev 1948-yil 12-fevral Baxmal tumanida tugʻilgan. 1971-yilda Samarqand kooperativ institutini tugatgan. Mehnat faoliyati 1971-yildan ushbu intitutda boshlangan. 1977—1981-yillarda institutning moliya va kredit kafedrasi oʻqituvchisi, dotsenti, 1993—1998-yillda statistika va iqtisodiy tahlil kafedrasi mudiri, 1998-yildan ma’naviyat va ma’rifat ishlari boʻyicha prorektor, 2004—2011-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining statistika kafedrasi mudiri, 2011—2013-yillarda menejment va statistika kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat koʻrsatgan. Hozirda institutning iqtisodiy tahlil va statistika kafedrasi professori. 200 dan ziyod darslik, o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, badiiy ijod shugʻullanadi. „Hikmatli dunyo“ (2018-yil), „Saboq“ (2021-yil), „Hayot saboqlari“ (2021-yil) kabi kitoblari nashr etilgan.
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org