Mamar masjidi




Mamar masjidi (ozarbayjoncha: Məmər məscidi) – Ozarbayjonda joylashgan XVIII asrga oid masjid. Ozarbayjonning Gubadli tumani Mamar qishlogʻida joylashgan.

Tarixi



Mamar masjidi XVIII asrda bunyod etilgan. Masjiddan sovet davrida omborxona sifatida foydalanilgan. 1991-yilda Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, masjid ibodatxona sifatida qayta ochilgan. 1993-yilda Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushi natijasida Gubadli tumani hududi, jumladan, Mamar qishlogʻi ham arman qoʻshinlari tomonidan bosib olinadi. Ishgʻol paytida masjid choʻchqaxona sifatida ishlatilgan, bu Ozarbayjon rasmiylari va Islom hamkorlik tashkilotining jiddiy tanqidiga sabab boʻlgan.

2001-yilda Mamar masjidi Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi qarori bilan „mahalliy ahamiyatga ega meʼmoriy yodgorlik“ deb eʼlon qilingan. 2020-yil 30-oktyabrda Ozarbayjon Mamar qishlogʻini, jumladan, Mamar masjidini qaytarib oladi.

Manbalar



Koordinatalari: 39°15′08″N 46°41′44″E / 39.252347°N 46.695520°E / 39.252347; 46.695520 G O

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz