Mamajonov Salohiddin




Salohiddin Mamajonov (1931.15.12, Qoʻrgʻontepa tumani) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2001). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), filol. fanlari doktori (1968), professor (1972). Fargʻona pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1952). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik (1958— 62), katta ilmiy xodim (1962—68), boʻlim boshligʻi ( 1 968-2000). M.ning asosiy ilmiy ishlari sheʼriyat, proza, drama, bolalar adabiyoti muammolariga qaratilgan. M. oʻzbek adabiyotining sovet davridagi tarixiga bagʻishlangan bir va koʻp jildli tadqiqrtlarning yaratilishida faol ishtirok etgan. M. Gʻafur Gʻulom ijodiga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlar ("Shoir va zamonaviylik", 1963; "Gʻafur Gʻulom prozasi", 1966; "Uslub jilolari", 1972), Hamid Olimjon haqidagi "Shoir du-nyosi" (1972) hamda Sharof Rashidov romanlari tahliliga bagʻishlangan "Lirik olam, epik kulam" (1979) kabi asarlar muallifi. 90-yillarda M.ning Behbudiy, Fitrat, Hamza Hakimzoda, Choʻlpon, Elbek, Botu singari adiblar ijodiga bagʻishlangan risola va makrlalari eʼlon qilingan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz