Mamajon Abdurasulov




Mamajon Abdurasulov (1927, Shahrixon tumani Naynovo qishlogʻi — ?) — Xalq oʻqituvchisi (1981). Fargʻona pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetini tamomlagan (1963). 1950-yildan Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 41-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 40 yildan ortiq mehnat faoliyati davrida uning bolalarni ragʻbatlantirish orqali taʼlim-tarbiyani yuqori saviyaga koʻtarish usuli Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda keng ommalashtirilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz