Mamadjonov Yigitali




Yigitali Mamajonov (1990-yil 16-iyun) — oʻzbek aktyori.

Biografiyasi



Yigitali Mamajonov 1990-yil 16-iyunda Rossiya poytaxti Moskva shahrida tugʻilgan.U oilada yolgʻiz farzand boʻlib oʻsgan .2001-yilda Andijon shahriga ko‘chib kelgan. Andijon viloyati, Xonobod shahridagi 1-umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. Andijon olimpiya zaxiralari sport kollejida o‘qishni davom ettirdi.2012-yilda Mannon Uygʻur nomidagi Oʻzbekiston davlat teatr institutini tamomlagan. U O‘zbekistonda „Yilning eng yaxshi yosh aktyori“ mukofotini oldi. Yigitali Mamadjonov 2011-yilda „Yozsiz yil“ (Yozsiz yil) oʻzbek dramatik filmida suratga tushganidan soʻng Oʻzbekistonda keng eʼtirof va shuhrat qozongan.

Aktyorga eng katta shuhrat keltirgan filmlardan biri 2013-yilda suratga olingan „Poyga“ filmi edi. Bu film o‘zbek kinosida yangi sahifalarni ochgan film sifatida eʼtirof etilgan. Qolaversa, 2020-yilda suratga olingan Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan Ilhaq filmi uni yanada mashhur qildi. Yigitali 20 dan ortiq film va seriallarda bosh rollarni ijro etgan. 40 dan ortiq videokliplarda ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti



Mamajonov 2012-yilda Rayhon G‘aniyeva bilan turmush qurgan.2014-yil 1-mayda Mamajonov va Rayhon egizak o‘g‘il farzandli bo‘ladi . 2015-yil 9-yanvar kuni O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida atigi ikki yil birga yashagan Mamajonov va Rayhon ajrashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi

2018-yilda Yigitali Mamajonov O‘zbekiston xalq artisti Lutfilla Saʼdullayeva va Gulchehra Saʼdullayevaning kenja qizi Muqaddas Saʼdullayevaga uylandi

Bolalari




Filmografiyasi



Quyida Yigitali Mamadjonov suratga tushgan filmlarning xronologik tartibda roʻyxati keltirilgan.

Televizion seriallari




Kliplari




Mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz