Mamadalihoji Ahmadxo‘jayev




Ahmadxo‘jayev Mamadalihoji — 1906-yili tug‘ilgan, Baliqchi
rayoni Guliston qishlog‘idan, o‘zbek, diniy xizmatchi, eshon, antisovet targ‘iboti uchun qamoqqa olingan. 1937-yil fevral oyida
O‘zSSR Oliy sudi otuvga hukm qilgan, keyin uni 10 yil qamoq jazosi bilan almashtirgan, yana javobgarlikka tortilgan. Uchqo‘rg‘on
aksilinqilobiy guruhning faol ishtirokchisi, Yashik qishlog‘idagi nolegal yig‘ilishlarda sovet hokimiyatiga qarshi va musulmon
davlati o‘rnatish uchun qurolli kurashga chaqirganlikda ayblangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz