Mamadali Hotamov




Hotamov Mamadali — o‘sha ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan,
1889-yili tug‘ilgan, Baliqchi rayoni Baliqchi qishlog‘idan, o‘zbek,
boy, yirik yer egasining o‘g‘li, 1935-yilga qadar chayqovchilik qilgan, ruhoniy Matmurodov xorijga chiqib ketgunga qadar unda so‘fi
bo‘lgan, 1936-yildan “Oxunboboyev” kolxozi a’zosi. Baliqchidagi
aksilinqilobiy guruhning a’zosi sifatida o‘z uyini aksilinqilobiy guruhga bo‘shatib bergan, undagi yig‘ilishlarda sovet
hokimiyati bilan kurash olib borish uchun qurollangan isyonkorlar
tayyorlash masalasi muhokamasida qatnashganlikda, muhojir,
ruhoniy Matmurodov bilan aloqa qilganlikda, 1936-yili aksil-
inqilobiy faoliyati uchun qamoqqa olingani va qamoqsan qochib
ketganlikda, ikkinchi marta 1937-yili boshqa rayon hududida
qo‘lga olinganlikda ayblangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz