Malyus qonuni
Malus qonuni — yorugʻlik qutblovchi asbob (polyarizator) dan oʻtganda chiziqli yorugʻlik intensivligining oʻzgarishi qonuni. Tushayotgan yorugʻlikning qutb tekisligi va qutblovchi asbobning qutblash tekisligi orasidagi burchak
φ
{\displaystyle \varphi }
ga nisbatan yorugʻlik intensivligi har xil oʻzgaradi. Malus qonuni 1810-yilda fransuz fizigi Étienne-Louis Malus (1775—1812) kashf qilgan. Qutb tekisliklari (yorugʻlik va asbob) orasidagi burchak
φ
{\displaystyle \varphi }
, analizatorga tushayotgan chiziqli yorugʻlik intensivligi
E
0
{\displaystyle E_{0}}
boʻlsa, analizatordan chiqayotgan yorugʻlik intensivligi Malus qonuniga asosan
E
=
E
0
cos
2
φ
{\displaystyle E=E_{0}\cos ^{2}\varphi \;}
boʻladi. Yorugʻlik intensivligini oʻlchaydigan asbob va qurilmalar Malus qonuni asosida ishlanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org