Maluns




Maluns  — bu shveytsar kantoni Graubyundenning anʼanaviy taomlaridan biridir. U avvaliga qaynatilgan va keyin qirgʻichdan oʻtkazilgan kartoshkadan tayyorlanadi. Shundan soʻng, mazkur aralashma kichik toʻp yoki mayda boʻlaklarga aylangunga qadar sariyogʻda qovurib olinadi. Taom odatda mavsumga qarab olma yoki boshqa mevalardan tayyorlangan sharbat, shuningdek, salsiz (Salsiz) yoki grizon vetchinasi (Bündnerfleisch) kabi turli xil mahalliy pishloqlar va shoʻrva goʻshtlar bilan tortiladi. Ushbu taomni shuningdek, anʼanaviy tarzda sutli qahva bilan birga qabul qilishadi.

Shveytsariyalik zodagon Iogann Gubert Rudolf fon Salis tomonidan ilk bora XVIII asrda Graubyundendagi Marshlins qal’asida makkajoʻxori va kartoshka ekilgan edi. Aftidan, kartoshka bu yerda birinchi marta, 1758-yilda qal’adagi kechki ovqat paytida taqdim etilgan.

Roman tilidagi „maluns“ soʻzi lotincha micula/miculones soʻzidan kelib chiqib: „kichik uvoqlar“ degan maʼnoni anglatadi. Malunslar nemis tilida Bündner Kartoffelribel nomi bilan ham mashhur.

Shuningdek




Eslatmalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz