Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi




Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi UEFA tomonidan ruxsat etilgan xalqaro ayollar futbol oʻyinlarida Malta sharafini himoya qiladi. Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi Malta futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan va boshqarib kelinadi.

Tarixi



Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta rasmiy musobaqalarda 2005-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida maydonga tushgan. Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi 2003-yil 10-avgustda Buxarest shahrida Ruminiya ayollar terma jamoasiga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan holda oʻz debyuti qilgan. Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilgi UEFA ayollar chempionati saralash oʻyinlaridagi sakkiz o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘ldi, bir gol urib, 35 gol o‘tkazib yubordi. Malta ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi xalqaro golini Sarah Caruana 2003-yilning 16-noyabrida Xorvatiya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan.

Ketma- ket 13 ta magʻlubiyatdan soʻng Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi 2006-yil 7-iyunda 2007-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlarining Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi soʻnggi uchrashuvida birinchi durangga erishdi.

Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi Jahon chempionati saralashida oʻynadi va barcha oʻyinlarda magʻlub boʻldi, shu jumladan Ispaniya ayollar terma jamoasiga 0:13 hisobida magʻlub boʻldi. 2011-yil 3-mart kuni Malta 2013-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida ilk bor rasmiy o‘yinda Gruziya ayollar terma jamoasini D’Agostinoning urgan goli evaziga 1:0 hisobida mag‘lub etdi (xalqaro uchrashuvlardagi Malta ayollar milliy futbol terma jamoasining ilk gʻalabasi).

2013-yil 6-aprel kuni Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki oʻyinidaLyuksemburg milliy ayollar terma jamoasini 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi, shunigdek, Latviya ayollar terma jamoasini ham mag‘lub etdi va Albaniya ayollar milliy futbol jamoasi bilan durang o‘ynadi va guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Natijada Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi ilk bor saralash bosqichidan o‘tdi.

Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi tashkil etilgan kundan boshlab 2015-yilgacha Pierre Brincat, keyin esa 2015-yilning 22-yanvaridan hozirgacha Malta 19 yoshgacha terma jamoasining sobiq murabbiyi Mark Gatt tomonidan boshqarib kelinmoqda.

Jamoa tasviri



Jamoaning uy stadioni



Malta ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Centenary stadionida oʻtkazadi.

Malta ayollar milliy futbol terma jamoasining umumiy rasmiy oʻyinlar roʻyxati




Murabbiylar shtabi



Hozirgi murabbiylar shtabi



 

Bosh murabbiylar tarixi




Oʻyinchilar



Hozirgi tarkib



2021-yil 21 va 26-oktyabr kunlari Rossiya va Ozarbayjon ayollar milliy futbol terma jamoalariga qarshi 2023-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi oʻyinlar uchun quyidagi futbolchilar Malta ayollar milliy futbol terma jamoasiga chaqirilgan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz