Mallitskiy Nikolay Guryevich




Nikolay Guryevich Mallitskiy (1873 — 1947) — tabiiy geograf, tarixchi, etnograf.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1945). Professor, geogr. fanlari doktori (1945). Rossiya geogr. jamiyati Turkiston boʻlimining raisi (1901 — 17). "Turkestanskoye vedomosti" gazetaning muharriri (1901—06). Turkiston boʻylab qilgan sayohati davomida shu yerda yashovchi xalqlar tarixi va etnografiyasiga doyr materiallar toʻplagan. Oʻrta Osiyo Tarix va arxeologiya institutida ilmiy xodim. Toshkent shahri tarixi boʻyicha izlanishlar olib borgan (1907—17). Turkiston Sharq institutining (1920—24), Oʻrta Osiyo universiteti Shark, fakultetining professor (1924—30). 30-yillardan umrining oxirigacha Oʻrta Osiyo universiteti geogr. fakultetining professor M.ning ilmiy tadqiqot ishlaridan podsho mustamlakachi maʼmurlari oʻz maqsadlarida unumli foydalandilar.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz